«xalq ta’limi» tegli maqolalar


O‘zbekistonda o‘quvchilarning tashqi ko‘rinishiga talablar qanday va ularni bajarmasa nima bo‘ladi?
27 fevral 2024, 19:14

O‘zbekistonda o‘quvchilarning tashqi ko‘rinishiga talablar qanday va ularni bajarmasa nima bo‘ladi?

Munavvarqori aytgandi: “Ovrupo osmonga uchar ekan, bizda soch va soqol nizolari, ovrupoliklar dengiz ostida suzar ekan, bizda uzun va kalta kiyim janjallari”. Asr o‘tsa hamki, O‘zbekiston hamon shu “janjallar” ichida. Vaholanki, huquqshunoslarga ko‘ra, Konstitutsiya bu “janjal”ni allaqachon hal qilib bo‘lgan.

Maktablardagi “tijoriy” sinflar nima va ular fuqarolar huquqlarini poymol qilmayaptimi?
17 sentabr 2023, 12:22

Maktablardagi “tijoriy” sinflar nima va ular fuqarolar huquqlarini poymol qilmayaptimi?

Davlat maktablaridagi “tijoriy” sinflar, necha yildirki, ijtimoiy tarmoqlarda muhokama mavzusi. “Gazeta.uz” muxbiri Anna Sadriyeva bunday sinflar nima, ularda o‘qish narxi qancha, o‘quvchilarga qanday qo‘shimcha xizmat ko‘rsatiladi va bu ularning huquqlarini poymol etmaydimi kabi savollarga javob izladi.

Toshkent ramzlariga chizgilar: “Quyoshli” maktab bozori
3 sentabr 2023, 14:53

Toshkent ramzlariga chizgilar: “Quyoshli” maktab bozori

“Quyoshli” maktab bozori, necha yildirki, keng tanlov va xamyonbop narxlari bilan xaridorlarni o‘ziga jalb qiladi. Ko‘pchilik yangi o‘quv yili arafasida shu yerdan bozorlik qiladi. “Gazeta.uz” muxbiri bozorda bo‘lib, yangi urfga kirgan avokadoli muqovalar va “Quyoshli” fenomeni haqida sotuvchilar bilan suhbatlashdi.

“Xalqi savodsiz davlat — kuchsizdir”. Vyetnam qanday qilib ta’limda ilg‘or mamlakatga aylandi?
3 avgust 2023, 08:30

“Xalqi savodsiz davlat — kuchsizdir”. Vyetnam qanday qilib ta’limda ilg‘or mamlakatga aylandi?

Ta’limning qiymatini o‘z vaqtida anglagan, eng murakkab davrlarda ham sohani o‘z holiga tashlab qo‘ymagan, ko‘p sonli aholisi va nisbatan kichik iqtisodiyoti bilan ta’limga yuqori ustuvorlik bergan Vyetnam bugun aksariyat ko‘rsatkichlarda mintaqada yetakchilik qilib, rivojlangan davlatlar bilan raqobatlashmoqda.

Xorazmning deyarli barcha maktablarida bepul tushlik tarqatilmoqda, Qoraqalpog‘istonda esa bu amaliyot hali boshlanmagan
1 noyabr 2022, 16:57

Xorazmning deyarli barcha maktablarida bepul tushlik tarqatilmoqda, Qoraqalpog‘istonda esa bu amaliyot hali boshlanmagan

Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi maktablarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bepul tushlik tarqatish bo‘yicha vazifa ijrosini ta’minlashda kamchiliklar aniqlangan. Xususan, hukumat qarorni kech qabul qilgani, mablag‘ning kamligi va maktablarda zarur infratuzilma yo‘qligi asosiy muammolar sifatida ko‘rsatilgan.

Maktab shahodatnomasini yo‘qotganlar hujjat dublikatini onlayn olishi mumkin
20 sentabr 2022, 17:04

Maktab shahodatnomasini yo‘qotganlar hujjat dublikatini onlayn olishi mumkin

Maktab shahodatnomasini yo‘qotganlar uchun hujjat dublikatini masofadan turib olish xizmati yaratildi. Buning uchun yagona portalga (my.gov.uz) ariza yuboriladi. Dublikat elektron shaklda berilgach, maktabdan berilgan attestat o‘z kuchini yo‘qotadi.

O‘zbekistondagi 225 ta maktab nogironligi bo‘lgan bolalar uchun ochiladi
6 sentabr 2022, 11:52

O‘zbekistondagi 225 ta maktab nogironligi bo‘lgan bolalar uchun ochiladi

O‘zbekistonning barcha viloyatlarida imkoniyati cheklangan bolalar uchun 225 ta maktab o‘z eshiklarini ochadi. UNICEF buni “hal qiluvchi va muhim tashabbus” deya atadi. Xalqaro tajribaga ko‘ra, inklyuziv ta’limning joriy etilishi umumiy ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilmoqda, deb qayd etdi jamg‘arma.

«Maktab ta’limi eski qolipdan chiqa olmayapti» — Shavkat Mirziyoyev
5 aprel 2022, 18:08

«Maktab ta’limi eski qolipdan chiqa olmayapti» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident maktablardagi ta’lim sifati va muallimlar salohiyati pastligini tanqid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda maktabning eng katta muammosi o‘qitish metodikasi mutlaqo eskirganligida. «Afsuski, maktab ta’limi eski qolipdan chiqa olmayapti», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Qolaversa, yanvardagi yig‘ilishda yuklatilgan topshiriqlarni bajarmagan ayrim hokimlarga oxirgi marta 3 oy muddat berildi, keyin, jiddiy chora ko‘riladi.

Andijondagi maktablarda tungi tadbirlar prezident topshirig‘i asosida o‘tkazilmoqda — viloyat XTB
3 fevral 2022, 17:48

Andijondagi maktablarda tungi tadbirlar prezident topshirig‘i asosida o‘tkazilmoqda — viloyat XTB

Andijon viloyatida joylashgan maktablarda kechasi uyushmagan yoshlar uchun o‘tkazilayotgan tadbirlar prezident topshirig‘i asosida amalga oshirilmoqda, deb ma’lum qildi viloyat XTB boshlig‘i Azizbek Mirkomilov. Uning so‘zlariga ko‘ra, maxsus jadvallar asosida har kuni maktablarda soat 18:00 dan 22:00 gacha turli tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Avvalroq, deputat Rasul Kusherbayev sovuq payti ko‘chada o‘tkazilayotgan ushbu tadbirlarni tanqid qilgandi.

«Ilojim bo‘lganida edi, biroq byudjet cheklangan». Sherzod Shermatov — ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar haqida
22 may 2021, 23:16

«Ilojim bo‘lganida edi, biroq byudjet cheklangan». Sherzod Shermatov — ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar haqida

Sinflarda o‘quvchilar sonini 35 dan 24 gacha kamaytirish uchun yiliga 9 trillion so‘m kerak bo‘ladi, dedi xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov. Shuningdek, u yoshlar uchun texnologiya va aniq fanlarni ingliz tilida o‘rganish nima uchun muhim ekanini tushuntirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting